Mahoratli talaba-yoshlarning yutuqlari
Iste’dod va ijod qonuniyatlari insondan bilim va malaka, muntazam faollik, yangiliklar yaratish uchun imkoniyatlar, halol bellashuvlar oqibatida mardlar g‘olib bо‘lajak sog‘lom raqobat maydonida kuchli va matonatli shaxs bо‘lishni talab etadi. Yorqin iste’dodlilar maydoni sanalmish О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2000 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda о‘tkazib kelinayotgan “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali ham aynan institutda tahsil olayotgan bilimli, iqtidorli talaba-yoshlarni eng kuchlilarini aniqlash, munosiblarni taqdirlash yо‘lidagi ulkan strategik dasturdir. Bu yilgi kо‘rik-festival dasturiga muvofiq 24 kun davomida mahoratli va iste’dodli talaba-yoshlar