avatar
Куч
213.43
Рейтинг
+90.36

Савочкин Максим

Мақолалар

Kо‘ngillarni tо‘ldirgan tadbir

Илм-фан
Umri davomida halol kasbi va yuksak insoniy burchi orqali Vatan sarhadlarini qо‘riqlash, el-yurt osoyishtaligini saqlash, mudofaa, xavfsizlik singari vazifalarni sidqidildan ado etuvchi harbiylarimiz faoliyati tahsinga sazovor. Milliy Mustaqillik davridan to bugunimizga qadar tinch va farovon hayotimizning nurafshon tonglari otishida yurt posbonlari bо‘lmish Vatanparvar harbiylarning hissasi katta. Mas’uliyatli vazifalar, yuksak maqsadlar yо‘lida matonat ila xizmat qilish – naqadar sharaflidir.


Qo’ling o’rgilsin osh!

Илм-фан
O`zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Ashula va raqs ansambllariga rahbarli”, “Cholg’u jamoalariga rahbarlik”, “Vokal jamoalariga rahbarlik” ta’lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalar o’rtasida osh tayyorlash bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqa juda qizg’in tarzda bo’lib o’tdi. Musobaqani odilona baholash uchun institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Davlat Mullajonov, moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor Zafar Usanov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor Sobir Turatovlar ishtirok etishdi. Musobaqada

Ulkan maqsadlar yо‘lida

Илм-фан
О‘zbek san’ati rivojida jahon madaniyati bilan tajriba almashish, yaqin qо‘shnichilik aloqalari, xalqaro maydonlardagi hamkorlik munosabatlarini yanada keng yо‘lga qо‘yish tamoyillari amaliy hayotimizda о‘z samarasini bermoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hayotida ham aynan mana shu an’analarga xos qator ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, 5 fevral kuni institutga bir qator xalqaro hamkorlar – Turkiya davlatining mutaxassislari tashrif buyurishdi.

Ardog‘imiz Sizga mangudir

Жамият
Milliy Mustaqillik bugungi tinch va osoyishta kunlarimizning debochasi bо‘lsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mana shu debochaning, yangi davr о‘zbek davlatchiligining asoschisidir. О‘zbekistonning hurriyat sari odimlashi, necha yillik mustabid tuzumdan xoli holda porloq kelajak sari intilishi tom ma’noda mamlakat miqyosida muhim ma’naviy-madaniy, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar davriy о‘zgarishlariga yо‘l ochdi. Islom Abdug‘aniyevichning shaxsan barcha jabhadagi islohotlar muallifi hamda ijro rahbari ekanligi mazkur harakatlarning amaliy tasdig‘ini ifodalaydi.

О‘zbek baxshichilik san’ati – yoshlar nigohida

Илм-фан
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasining 2010 yil 7 oktabrdagi “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarni muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish” Davlat dasturini tо‘g‘risida”gi 222-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27 yanvar kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Folklor va etnografiya” kafedrasida О‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ishtirokida “О‘zbek baxshichilik san’ati – yoshlar nigohida” mavzusida ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Ulkan islohotlar yо‘lida

Илм-фан
Yurtimizda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy-g‘oyaviy jihatdan yuksak filmlar yaratish hamda sohada yetuk va malakali kadrlar yetishtirish singari qator islohotlar kundan-kunga avj olib bormoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 7 avgust kuni “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3176-sonli Qarori mazkur islohotlarning bosh debochasi bо‘ldi. Shuningdek, “2017-2021 yillarda О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarga asoslanib, aynan kinematografiya sohasida ham bosqichma-bosqich zaruriy qonun hujjatlari ishlab chiqila boshladi.

Mardlar qо‘riqlaydi Vatanni...

Жамият
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Vatan himoyachilari oyligi doirasida bir qator tadbirlarni tashkil etdi. Jumladan, 13 yanvar kuni soat 10:00 da institutning О‘quv teatrida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda О‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qо‘shinlari 9117-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda “Biz Vatan qalqonimiz!” nomli madaniy-ma’rifiy, badiiy tadbir bо‘lib о‘tdi.


Buyuk britaniyadan “Rose Bruford Collage” O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
3 kun mobaynida, ya’ni 22-24 noyabr kunlari Buyuk britaniyaning “Rose Bruford Collage” dan tashrif buyurgan ikki nafar mutaxassis Art menejment bo’yicha ustozlar va talabalar o’rtasida o’z bilim va ko’nikmalari bilan bo’lishdilar.
 
Uchrashuvning birinchi kuni, ya’ni 22-noyabr kungi mahorat darsi “O’zbekistonda Art menejmentning kelajagi” mavzisida bo’lib o’tdi, 23- noyabr kuni esa, mehmonlar Art menejment bo’yicha o’zlarining maxsus dastur asosida tayyorlangan bilim hamda ko’nikmalarini soha mutaxassis o’qituvchilari hamda talabalar bilan bo’lishdilar bunda ustoz va murabbiylar bilan ta’lim jarayoni hususuida tajriba almashindi va talabalar bilan ham ochiq

Xushyorlikka da’vat

Илм-фан
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 23 may kuni “Ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi bо‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bо‘limi bilan hamkorlikda “Yong‘in xavfsizligi kuni” tadbiri о‘tkazildi.


О‘zbekona qadriyat

Илм-фан
O‘zbek millatining hayoti, dardi, chin ma’nodagi insoniy kechmishlari bugun muhim masalaga aylanib qolmoqda. Har bir о‘zbek farzandining ota-bobolari bosib о‘tgan tarixiy о‘tmishni ardoqlab yashashi, ular amalga oshirgan ezguliklarni о‘rganishi va hattoki, ota meros bо‘lib qolgan uyni avaylab asrashidek betakror jо‘mard xarakteri milliy qadriyat sifatida qon-qoniga singib ketgan. Kunikecha “Alisher Navoiy” nomidagi kinoteatrda premyera qilingan “Ota uy” nomli filmda ham ana shunday boqiy an’analar tasvirini kо‘rishimiz mumkin.

Millatimiz iftixori

Илм-фан
Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 27 martdagi qarori ijrosi yuzasidan atoqli arbob va yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu tantanali bayram tadbirlaridan biri – “Mangu yashar mо‘tabar inson” mavzusida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham bо‘lib о‘tdi.


Yuksak ishonch ham mas’uliyat…

Илм-фан
Bugun yurtimizda yuksalishlar, tashabbuslar qanot yozmoqda. Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarning esa, chek-chegarasi yо‘q gо‘yo. Ushbu in’omlarga yoshlar tomonidan “labbay” deb javob berilsa bas. О‘z ustida ishlagan, mehnat qilgan iqtidorli har bir insonga bu yurtda cheksiz imkoniyatlar yaratib berilayotgani bugun butun dunyo ahlining havasini uyg‘otayotgani tabiiy.
 Fikrimizning dalili sifatida yosh, iqtidorli, san’atga oshufta yoshlarga har ikki yilda bir bora taqdim etilayotgan “Nihol” davlat mukofotini misol tariqasida keltirsak bо‘ladi. Bu yil О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Cholg‘u jamoalariga rahbarlik” ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabasi

О‘zbek tilim – о‘z tilim

Илм-фан
Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida О‘zbek tilimizga “Davlat tili” maqomi berilganligiga 28 yil tо‘lishi munosabati bilan butun tantanali bayram tadbirlari о‘tkazilmoqda. Shu ma’noda 2017 yil 20 oktabrda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham “Til dillarning hayot chashmasi” mavzusida tantanali bayram tadbiri bо‘lib о‘tdi va shu kunlarda ham katta bayram dasturi bilan institut professor-о‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari institutning homiysi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga borildi. Olmaliqdagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Dо‘stlik klubi” homiy tashkilot a’zolari va institut professor-о‘qituvchilari va iqtidorli,

Dramaturg bilan ijodiy uchrashuv

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida institut talabalari uchun yana bir ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tganligi bilan esda qoladi. Bu kuni institutning axborot resurs markazida О‘zbekiston respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, Mehnat shuhrati ordeni sohibi, О‘zbek milliy akademik drama teatri dramaturgi Erkin Xushvaqtov bilan ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi.


Развитие российско-узбекского культурного сотрудничества

Илм-фан
16 октября 2017 года в Государственном институте искусств и культуры Узбекистана состоялась встреча профессорско-преподавательского и студенческого состава института с делегацией Российской Федерации, которая приехала в Узбекистан для участия в Неделе российского кино.


Mumtoz san’at rivoji yо‘nalishida yangi bosqichdagi hamkorlik

Илм-фан
Tojikiston Respublikasining Konibodom shahrida ilk marotaba “Shashmaqom” Halqaro festival-simpozium bо‘lib о‘tdi.
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2017 yil 16-sentabrdagi 01-11-10-4158-sonli xatiga asosan institut rektorining 2017 yil 19-sentabrdagi № 40-XS buyrug‘i bilan mazkur “Shashmaqom” Halqaro festival-simpoziumda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi jо‘rnavozi Qо‘chqor Saitov ishtirok etdi.


Bir harf о‘qitmish ranj ila...

Илм-фан
Ustozga hurmat, ehtirom kо‘rsatish xalqimiz qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlardandir. Xalqimiz ustozlarni e’zozlab, ularni otaga qiyoslab ulug‘lashadi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning о‘qituvchi va murabbiylarga yо‘llagan tabrigida ham “Ulug‘ ustozimizning ezgu g‘oya va vasiyatlari asosida ta’lim va tarbiya sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga kо‘tarish, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir bо‘lgan yangi avlod kadrlarini voyaga yetkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hammamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimiz bо‘lib, biz bu yо‘lda birinchi navbatda siz, azizlarga, sizlarning bilim va malakangiz,

Kelajak sari qо‘yilgan odim

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mazkur yilning 23-sentabr kuni О‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut yetakchiligi uchun saylov bо‘lib о‘tdi. Saylov institut miqiyosida yuqori saviyada bо‘lib о‘tdi. Yetakchilikka da’vogarlar haqidagi ma’lumotlar, faoliyati, ularning saylov oldi dasturlari saylov boshlanishidan bir hafta oldin institutning “Mо‘jaz vatanim” radiosi orqali eshittirilib borildi, qolaversa institutning har bir fakulteti, talabalar turar joyi, axborot resurs markazi kabi e’tiborga molik joylarida institut Yoshlar ittifoqi yetakchiligiga da’vogarlarning savlov oldi dasturlari namoyish uchun ilib qо‘yildi.


Muhim sana oldidan...

Илм-фан
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi saylovini yuqori saviyada tashkil etish va uni о‘tkazish masalalariga oid ta’sis majlisi bо‘lib о‘tdi.
Mazkur majlisda Mirzo Ulug‘bek tumani Yoshlar ittifoqi tashkilotining raisi Sherzod Muradillayevich Olimov, akademik guruhlarning Yoshlar boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, iqtidorli va faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.