Xush kelding – Navrо‘z!
Shu kunlarda atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli bahor boshlandi. Ayni shu kunlarda yurtimizning barcha gо‘shalarida Navrо‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analar, turfa marosimlar namoyish etiladi. E’tirof etish kerakki, istiqlol sharofati ila bu qadimiy bayram va uning an’analarini avaylab-asrash, uni yangi zamon ruhiga hamohang ravnaq toptirish nafaqat respublikamizda, balki jahonda keng targ‘ib qilish imkoniyatlari yuzaga keldi.