avatar
Куч
213.43
Рейтинг
+90.36

Савочкин Максим

Мақолалар

Культура и музыкальное искусство Узбекистана в начале XXI века

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Узбекистан вступил в третье десятилетие независимого существования. В координатах исторического времени это небольшой, но важный   период моделирования политических и культурных приоритетов молодого государства, в основе успешного развития которого- система новейших  общественных и государственных  отношений в сферах экономики, социальной политики. Вхождение Узбекистан в мировое международное сообщество стало важным этапом в становлении внешней политики государства.


 


 Приоритетными являются направления образования и культуры. Внимание государства обращено к возрождению и сохранению духовных ценностей поколений, бережному отношению к культурному богатству страны, великими предками которой были Алишер Навои,  Захириддин Мухаммад Бабур, Мирзо Улугбек, Амир Темур и мн. др.  Первостепенной задачей становится формирование молодого поколения, всесторонне развитой, духовно богатой личности, владеющей профессиональными знаниями в области науки и искусства.


 


Многообразна и многолика художественная жизнь страны.  Развивается академическое искусство, процветают народные художественные промыслы и прикладное искусство. Проводятся  фестивали и форумы традиционного и современного искусства. Успешно осуществляются национальные и международные проекты, направленные на восстановление и сохранение материальных и нематериальных памятников культуры. Функционируют выставочные залы и картинные галереи, музеи, театральные сцены, концертные подмостки, фото студии и style подиумы, кинозалы и презентационные центры. Издаётся специальная, научная, популярная, художественная литература, беллетристика. Информационной поддержкой в художественной сфере становятся журналы   “Мозийдан садо”, “San’аt”, “Театр”, “Жахон адабиёти”, “Шарк юлдузи”, а также ряд  газетных изданий.


 


Музыкальная культура Узбекистана на современном этапе развития представляет собой сочетание  академической композиторской школы,  музыкального фольклора, музыки бастакоров, классической узбекской мелодики, а  также популярной музыки. Картина музыкального полотна изобилует  множеством стилей и форм, где есть место традиционным канонам и современному слову. Изучение исторического наследия даёт огромный стимул для развития современного музыкального искусства, формирования его национальной идентичности.


 


Жанровый аспект узбекской  музыки охватывает всё разнообразие музыкальных видов: вокальная  и инструментальная музыка, сценические представления( опера, балет, оперетта, музыкальная драма) и площадные концерты(на открытых площадках, стадионах города), массовые( государственные праздники, фольклорные фестивали) и камерные жанры, а также прикладная музыка (музыка кино и театра) и синтетические жанры, включающие танец, пантомиму, живопись, шоу-представление, видеоарт.


 


Узбекские музыканты ярко демонстрируют своё мастерство  в странах зарубежья, принимая участие в музыкальных проектах, фестивалях, конкурсах.  Музыкальный Узбекистан принимает  гостей республики со всего мира, объединяя артистов  под сводами Международных фестивалей классической, традиционной музыки и фольклора: инициированный Президентом Республики Узбекистан Самаркандский Международный музыкальный фестиваль “Шарк тароналари”,  Международный фестиваль оперного и балетного искусства “Ташкентская весна”,  Международный фестиваль симфонической музыки, фольклорный фестиваль “Бойсун бахори”, фестиваль  традиционной культуры “Асрлар садоси” и др.  Не удивителен интерес ЮНЕСКО к древнейшим городам Узбекистана, внесённым в реестр Всемирного наследия. Несколько ярких исторических номинаций- культурное пространство Байсуна (2001), Шашмаком (2003), Катта ашула (2009) и Навруз (2009)- вошли в перечень нематериального мирового  культурного наследия и находятся под патронажем международной организации.


 


 


Воспитанию профессиональных кадров в республике уделяется огромное значение. Наряду с открытием в 2002 году нового здания Государственной консерватории Узбекистана, реконструкцией музыкальных колледжей, лицеев и школ, в  2012году начал функционировать Государственный институт искусств и культуры Узбекистана, в котором получают профессиональное образование студенты в соответствии со специализацией  в сфере культуры и искусства. Для обучения молодёжи созданы все необходимые условия. В учебный комплекс института вошли здания учебного театра, информационно-ресурсного центра, нескольких учебных корпусов, общежития и столовой, бассейна и спортивных залов. Мастерские, репетиционные помещения, студии звукозаписи, малые сцены, лаборатории оснащены новейшей компьютерной, звукозаписывающей и звуковоспроизводящей аппаратурой, оборудованием в соответствии с требованиями к современному процессу обучения. Институт собрал талантливую молодёжь со всей республики: будущих специалистов в области искусствоведения, режиссуры, актёрского мастерства и техногенного искусства, вокального и инструментального исполнительства. В руках молодёжи будущее культуры и искусства независимого Узбекистана.



Tarix va kelajak hayot nafaslari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbek adabiyotining asoschisi, ilm va ma’rifat kuychisi Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi, shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning muborak 532 yoshi munosabati bilan institutimizning muhtasham о‘quv teatrida “ Navolaring barhayotdir bu gulshan aro” shiori ostida tantanali tadbir о‘tkazildi.


 



 


О‘zbek xalqi о‘z buyuk siymolarining ijodini ma’naviy sarchashma sifatida, bebaho milliy meros tarzida ardoqlaydi. Bobolarimiz о‘gitlari, ularning insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, g‘oyalarini targ‘ib etuvchi, yuksak badiiyat bilan sug‘orilgan о‘lmas asarlari butun avlodlar uchun tarbiya maktabi bо‘lib xizmat qiladi. Ezgu g‘oyalar esa xalqimiz ma’naviy dunyosiga ulug‘lik bag‘ishlaydi. Yurtimiz tarihi va buguni ulardan minnatdor. Respublikamizning har bir jabhasida buyuk bobolarimiz muborak yoshlari mana necha yildirki nishonlanib kelmoqda. Bizga meros qilib qoldirgan g‘azal va ruboiylarning har bir misrasi yurak-yuraklarning tubidan joy olib faxr xhissini о‘yg‘otmoqda. Buning isboti sifatida о‘tkazilgan tadbir davomida ijro qilingan kuy-qо‘shiqlar, yurak qо‘ri bilan о‘qilgan g‘azallarni misol qilishimiz mumkin.


 



 


Bayramonga tadbir kо‘tarinki va notabiiy kо‘rinishda boshlandi. Video rolik namoyishi davomida Raximboy Jumaniyozov о‘qigan g‘azallar о‘tirgan talaba yoshlar va mehmon sifatida taklif qilingan bir guruh nuroniylarni qadim tarixga olib keta oldi desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Professor B.Tuxliyev qilgan ma’ruzasida Navoiy va Bobur ijodiga о‘zgacha tо‘xtalib о‘tdi. Tadbir davomida institut iqtidorli talabalari ustozlari bilan birgalikda Navoiy va Bobur g‘azallari bilan mumtoz qо‘shiqlar ijro qilishdi. Tadbirning alohida kо‘zga tashlangan qirrasi “Ustoz- shogird an’anasi”dir. Jumladan, Alisher Navoiy о‘z asarlarida sharqona odob-axloq, milliy tarbiya, inson erkinligi masalalariga jiddiy e’tibor qaratgan. Ayniqsa, ustoz-shogird an’anasiga sodiq qolgan holda о‘ziga saboq bergan ustozlariga, ularning oila a’zolariga bir umr ehtirom kо‘rsatib, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan quvvatlagan. Demak, bunday insoniniy hislat bugungi kunda ham yashayapti. Muqaddas dargohimiz sahnasida “Ustoz- shogird ananasi ” kurtak ochmoqda. Agar bu yо‘ldan ketayotgan bо‘lsak, bu yо‘l tо‘g‘ri yо‘l! Tadbir boshida Navoiy va Bobur haqida fikrlar aytildi. G‘azallari о‘qildi. Rus tilida aytilgan g‘azallar kishi kо‘ngliga iftixor va xayrat sola oldi. Rang barang raqslar kayfiyatni kо‘tardi. Tadbir boshlovchilari ham g‘azal va ruboiylarni yurakdan xis qilib, tadbirga mushtarak holda tomoshabinlarga yetkazib berdilar.


 



 


Mashhur qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov bobomiz Alisher Navoiy haqida, “Mir Alisher Navoiy о‘zbek halqimiznigina emas, turkiy xalqlar yuzining oqidir”, deb aytgan. Bejiz bu sо‘zlarni yodga olmadim. Bugun Navoiy va Bobur institutimiz oqiga aylanmoqda. Meros bо‘lib qolgan asarlari har vaqt, dunyo halqlari oldida ham yuzimizni ulug‘vorlikka, faxrlanish hissiga tо‘ldirmoqda.


 



 


Dostonlari, ugitlari, g‘azallari, ruboiylari bilan faxrlana olib, doim qalbida saqlay olgan va ularni tushina bilganlar, taniqli shoir va yozuvchilar, mashhur san’atkorlar, cholg‘uchi-sozandalar, rassomlar bо‘lib yetishib chiqdi, ularning dovrug‘i yetti iqlimga tarqaldi. Hazrat Alisher Navoiy ilm va ma’rifat homiysi sifatida tarixda muhrlanib qoldi.


 


Ne baxtki, xalqimiz azaldan buyuk iste’dod egalari, nodir shaxslari bilan faxrlanib kelmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriylar sulolasi dovrug‘ini uzoq yillar davom ettirgan hukmdor, betakror qalam sohibi sifatida dong taratgan Bobur ham Alisher Navoiy an’analarini davom ettirdi. О‘zining о‘lmas va betakror g‘azallari, “Boburnoma” kabi durdona asari yurtimiz kelajagini ta’minlashga xizmat qilmoqda.



“Biz Vatan qalqonimiz”

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining о‘quv teatrida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab” “Biz Vatan qalqonimiz” mavzusida professor-о‘qituvchilar va institut talabalari ishtirokida respublika ommaviy-axborot jurnalist-muxbirlarini jalb qilgan holda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.


 



 



Ayol bubuligo’yo bo’lib sayrasa…

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Kuni kecha O’zbekiston Davlat sana’at va madaniyat instituti o’quv teatrida “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti 3-kurs “Kino, televideniye va radio rejissorligi” bo’limi talabalari ishtirokida yangi spektakl namoyishi bo’lib o’tdi. Spektakl janri komediya.


 


“Bulbuligo’yo” komediyasi O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Rixsivoy Muhammadjonov qalamiga mansub bo’lib, yozuvchi A.Fransning “Soqov xotin” asari asosida yozilgan. Insenirovka muallifi va sahnalashtiruvchi rejissor “Kino, televideniye va radio rejissorligi” bo’limi 3-kurs talabasi Bobur Yo’ldashev. Badiiy rahbar O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Meli Mahkamov.


 



Fidoiylar doimo e’tiborda

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Mustaqillik yillarida yurtimizning barcha sohalarida tub o’zgarishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Bugun mamalakatimizda barcha sohalar milliylik va zamonaviylik uyg’unligi asosida rivojlanib bormoqda. Dunyoda joriy etilayotgan har qanday yangilik bizga ham albatta milliy mintalitetimizdan kelib chiqqan holda joriy etilmoqda. Shunday o’zgarish va yangiliklar ko’plab joriy etilayotgan sohalardan biri bu ta’lim sohasidir. Yurtimizda yosh avlod tarbiyasi davlat siyosati darajasida va yoshlarga oid siyosatning asosiy qismi esa ta’lim sohasi bilan bevosita bog’liq. Bugungi kunda ta’lim sohasida ulkan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktab, kollej va oliy o’quv yurtlarida o’quvchi talabalarni o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bugun bu o’quv qo’llanmalari zamon talablariga xos tarzda va milliy an’analarimiz ruhida eng ilg’or tajribalar asosida yaratilishi sir emas. Bu sohaning ham o’ziga xos qiyinchilik va mashaqqatlari bor. Bu yo’nalishda xato qilib bo’lmaydi, chunki bu millatimiz yoshlarining tarbiyasi va dunyoqarashi bilan bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda darsliklar yaratish bilan shug’ullanayotgan fidoiy ustoz va mutaxassislarimizning mehnati yetarlicha e’tirof etilmoqda. Ular mehnatlariga yarasha taqdirlanmoqdalar.


 



Odamzotni Ilintirgan Tubanlik Sirtmog’i

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

XX asr insoniyat tarixiga juda ulkan kashfiyotlar asri sifatida kirdi. Bu asrda inson kosmosni zabt etdi, kompyuter texnalogiyasi, televizor va hakozolarni kashf etilganini aytib o’tish mumkin, biroq shu bilan birga bu asr insoniyatga qirg’in keltirgan ikki jahon urushi, atom bombasining kashf etilishi kabi insoniyatning balolarga duchor etgan voqealar bilan ham yodda qoldi. Asr yakuniga yetayotgan bir davrda yangi ofat aniqlandi: OITS (Orttirilgan imunitet tanqisligi sindromi). Hattoki jahonning eng nufuzli tashkiloti bo’lmish BMT ham bu kasallik fojeasini e‘tirof etib, 1-dekabrni Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qildi. Bu kasallik bekorgaXX asr vabosi deb ta’riflanmaydi. Raqamlarga e’tibor qaratamiz: bugungi kunda yer yuzida 33mln. OITS bilan xastalangan inson bor ekan (2012-yil ma’lumoti). 2007-yilning o’zida bu kasallikdan nobud bo’lganlarning soni 2,1 mln.ni tashkil etgan. Eng achinarlisi ularning 330 000 nafari yoshbolalardir. OITS bilan xastalanganlar safiga kuniga 7500 kishi qo’shiladi. Bu kasallik tufayli hayotdan kuz yumayotganlar soni esa kuniga 5500 kishini tashkil etadi. Kasallanganlarning 70 foizini ayollar tashkil etadi. Afsuski bu xastalik yurtimizni ham chetlab o’tmagan 2005-yil ma’lumotiga ko’ra yurtimizda 7810ta bemor aniqlangan.


 



Asr bilan hamnafas milliy teatr

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

O’zbek xalqi azaldan san’atsevar, ijodkor xalqdir. Qadim-qadimdan palak otib, shakllanib kelgan an’anaviy va musiqali xalq tomoshalari, qiziqchi, masxaraboz, qissaxon va qo’g’irchoqbozlar san’ati o’zining ko’p yillik tarixiga ega. Yillar davomida shakllanib, davrlar sinovidan o’tib kelayotgan an’ana va tajribalar asosida vujudga kelgan o’zbek teatr san’ati bugun 100 yoshda. Shu munosabat bilan 28-noyabr kuni O’zbek Milliy akademik drama teatri tashkil topganining 100 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar va badiiy kecha bo’lib o’tdi. Kunning birinchi qismida O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida “O’zbekiston teatr san’ati: tarix, taraqqiyot va istiqbol” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisi, hamda “O’zbek Milliy akademik drama teatri 100 yoshda” kitobining taqdimoti o’tkazildi. Kunning ikkinchi qismida esa O’zbek Milliy akademik drama teatrida badiiy kecha bo’lib o’tdi.


 



Tafakkur sinovlari 2014

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Insonning bilimi uning tafakkuri qanchalar kuchli ekanligiga bog‘liq. Har bir yosh avlod oldiga maqsad qо‘ydimi, buning uchun nechog‘lik bо‘lmasin о‘qishi, о‘rganishi hamda bilimlarini turli sinovlardan о‘tkazishi darkor. Shunday sinovlardan biri, ancha vaqtdan buyon bо‘lib kelayotgan “Tafakkur sinovlari” kо‘rik tanlovidir. Bu tanlovga dast avval 76 ta Oliy Ta’lim muassasalaridan 70 tasi qatnashdi. Qatnashayotgan jamoalar tuman, shahar bosqichlarida turli sinovlardan о‘tib, respublika bosqichlariga yetib kelishdi. Shu barcha bosqichlarda О‘zbekiston davlat San’at va Madaniyat institutining “Katarsis” jamoasi birinchi о‘rinni egallab keldi.


 



 



Istiqloldavri folklor san’atining dolzarb masalalari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

2015 yil “Navrо‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va yuqori saviyada nishonlash maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligi “О‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida о‘tkazilayotgan “Istiqlol davri folklor san’atining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman 6 noyabr kuni, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasida boshlandi. Ushbu anjumanni Madaniyat va sport ishlari vaziri о‘rinbosari, “О‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori Axmedov Bahodir Majidovich ochib berdi va anjuman ishtirokchilari hamda ish tartibi bilan tanishtirib о‘tdi. Anjumanda asosiy ma’ruzalarni: О‘zbekiston san’at arbobi, professor Rustam Abdullayev “Folklor san’ati О‘zbekiston madaniyati negizida”; Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi direktori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Azamat Haydarov “Folklor jamoalarining hozirgi holati: yutuqlari va muammolari”; О‘zbekiston xalq artisti, professor Sultonali Mannopov “Folklor jamoalarida repertuarning ahamiyati”; О‘zbekiston san’at arbobi, professor Temur Mahmudov “Folklor san’atida ijrochilikning о‘ziga xos jihatlari”; dizayner, professor Xolida Komilova “Folklor jamoalarini shakllantirishda liboslarning о‘rni”; О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Baxtiyor Sayfullayev “Folklor jamoalari rahbarlarini tayyorlash masalalari” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.


 



 



Mо‘jaz vatanim

Блог им. tdmi-cit

Bilim, faqat bilimgina insonni ozod


 va ulug‘vor qiladi.


D.I.Pisarev.


 


 


Ilm-u hikmat suvni  yondirar. Inson borki hayotda о‘z maqsadiga erishish uchun yashaydi. Maqsadlar esa bizni bilim sari yetaklaydi. Bilimsiz inson olov emas, kul demakdir. Kimning qalbida olov otash bо‘lib yonsa va uni oldinga intiltira olsa, u albatta о‘z maqsadiga erishadi.


 


О‘zbekistonni quyosh deb oladigan bо‘lsak, institutimiz uning zarrin nuridir. Ahir quyosh bizni isitadi, ta’lim esa ongimizni yuksaltiradi… Sо‘lim va samo kabi tinch, osuda kunlarimiz zavqu shavqqa tо‘lib о‘taveradi. О‘qishimizda biz uchun neki kerak bо‘lsa, barisi bor: ijod qilishimiz uchun, kitob о‘qishimiz, izlanishimiz, о‘rganishimiz uchun ham sharoitlar mujassam. Eng quvonarlisi bizda “Ijodiy parvoz” nomli о‘z gazetamiz faoliyat yuritib kelmoqda. Bu ham faqat biz talabalar uchun.


 


Shuningdek, bugun institutimiz tarixida yana yangi sahifa ochildi. Yuraklarda hayajon, kimningdir kо‘zida quvonch yoshlari. Sababi shundaki, barchamizning kо‘zlarimiz mushtoq bо‘lib kutayotgan “Mо‘jaz vatanim” nomli institut radiosi о‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu radioda institutimiz miqyosidagi sо‘nggi xabarlar, yangiliklar, san’atga oid turfa ma’lumotlar, dunyo yangiliklari, shuningdek yonimizda, biz hali tanishga ulgurmagan iste’dodlar bilan “Mо‘jaz vatanim” radiosi orqali bilib boramiz. Ushbu radio faoliyati “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi mudiri Muqadda Ahmadjonova, bosh muharrir Shoira Nusratova, yana bir necha fidoiy ustozlarimizdan Gulnora Yusupova va radio kо‘makchilari, institutimizning tinib-tinchimas talabalari “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”, “Teatrshunoslik”, “Ovoz rejissyorlik” talabalarining jon kuyarligi, shijoati ila ish faoliyatini boshladi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini hur diyorimizning “baxt-ijod” qasri deya olsak, adashmagan bо‘lamiz... 


 


Aytingchi, bunday joy yana qayda bor. О‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti ta’limning an’anaviy va innovatsion uslublarini mohirona qо‘llab kelayotgan, faol rivojlanayotgan navqiron oliy о‘quv yurtidir.


 


Akbarova Zulxumor, “


Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”  


3-kurs talabasi.

Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya

Блог им. tdmi-cit

Dunyo sahnida yuz berayotgan siyosiy jarayonlarning bevosita va bilvosita yurtimiz hayotiga daxldorligi bugun hech kimga sir emas. Shu ma’noda, “Ogohlik – davr talabi” bо‘lishi bilan birga, turli xil yod va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar kо‘lamini yanada kengaytirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda. Mazkur ishlarning yoshlar doirasida tashkil etilishi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.


 



 



Рабочая поездка в рамках проекта UZDOC

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

С 24 по 30 октября текущего года, состоялась поезда рабочей группы проекта UZDOC Государственного института искусств и культуры Узбекистана в Загреб (Республика Хорватия). Член рабочей группы проректор по научной работе Г. Халикулова и контактное лицо проекта старший научный сотрудник-соискатель Э.Юлдашев приняли активное и плодотворное участие в этой очередной встрече со своими постоянными партнерами. Целью встречи являлось повышение уровня докторского образования в Узбекистане.


 


 



Sozlar navosi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat institutida “Sog‘lom bola” yiliga bag‘ishlangan “Sozlar navosi” Yosh musiqa ijrochilar Respublika tanlovining “Mirzo Ulug‘bek” tumani bosqichi bо‘lib о‘tdi. Tanlov “Cholg‘u ijrochiligi kafedrasining” “CHJR”, “XAvaRAR” va “KPCHJR” bо‘limlari о‘rtasida bо‘lib о‘tdi.


 



 


О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi tanlovning asosiy tashkilotchisi hisoblanib, uni о‘tqazishdan maqsad: yoshlarni madaniyat va san’at sohalaridagi iste’dodlarini aniqlash va mahoratini namoyon etishi uchun ijodiy maydon yaratish, musiqa orqali yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, о‘zbek milliy san’ati an’analarini targ‘ib qilish, rivojlantirish va yosh avlodga yetkazish asosiy maqsadi bо‘lib; tanlov 34 nafar talaba ishtirokida, besh bosqichda bо‘lib о‘tdi. Bunda, damli cholg‘ular, urma torli cholg‘ular, mezrobli cholg‘ular, urma-zarbli cholg‘ular, kamonli cholg‘ular bо‘yicha talabalar iste’dodlarini namoyish etishdi. Tanlovni hakamlar hayati a’zolari holisona baholashdi. Unda Mirzo Ulug‘bek tumani Madaniyat va sport ishlari bо‘limi mudiri Yusupova Rahima Qosimovna, M.Ulug‘bek tumani Madaniyat va axoli dam olish markazi yoshlar bilan ishlash va madaniy-ma’rifiy masalalar bо‘yicha mutaxasis Axmadaliyeva Nodira Djumaboyevna, “Cholg‘u ijrochiligi” kafedra mudiri S.T. Turatov, professor T.K. Yuldoshev, dotsent M.G‘opurov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist K.Mirzayev, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist K.Shermatov va boshqa o`qituvchilar tomonidan tanlov о‘tqazildi. Tanlovda 15 nafar talaba nominatsiyalar bо‘yicha g‘olib deb topildi va shahar bosqichiga yо‘l olishdi.


 



 


 


 


Akbarova Zulxumorxon,


“Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi” 3-kurs talabasi

Mehnat bekati! Keyingi bekat natija(mi?)...

Блог им. tdmi-cit

Insonlar doimo insonlar uchun xizmat qiladi. Bizning bu xizmatimiz chin ma’noda ong va qalb xazinalarini boyitishga qaratilgan. Hayotda shunday mо‘jizaviy tushuncha borki, u insonlar uchun misli kо‘rilmagan qimmatli hislarni baxsh etadi. Bu – san’at, zotan u inson shahsiyatining noayon nuqtalarigacha yо‘l top oladigan sehrli vositadir.


 


San’at har bir millatning ruhini bezovchi soha. Shunday bо‘lsa-da, u na til, na hudud tanlaydi. Shuning uchun ham, dunyoning boshqa bir chetidagi san’at namunasidan zavq olishimiz tabiiy. San’at borasidagi umumjahon hamkorliklarning bugun tobora rivojlanayotgani esa uning chegara bilmasligi tо‘g‘risidagi fikrimizning dalilidir.


 


San’atning eng mashhur turlaridan biri — kino sohasi. Bugungi kunda ijodiy tajriba almashish va dunyoviy raqobatni yuzaga keltirish maqsadida kо‘plab xalqaro kinofestivallar о‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, bizning о‘zbek filmlarimiz ham jahonning turli festivallarida ishtirok etib, munosib natijalarga erishmoqda.


 



 



Quyosh ko’ksidagi millat

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Tarixda o’zbek xalqi chin ma’noda buyuk, chin ma’noda kuchli xalq bo’lgan. Biroq bu kuch, bu buyuklik davr taqazosi sabab qora pardalar bilan berkitilgan. Bizning millatimiz og’riqli o’tmishni boshdan kechirgan. Axir o’zlikni unutishga majburlashdanda dahshatliroq qiynoq bormi?! Shunday iztirobli kunlarda ajdodlarimiz qalbida o’zlikka intilish va mustaqillikka erishish ruhi avj olib borardi. Xalqimiz uchun mustaqillik eng ezgu orzuga aylangan edi…


 



 


O’zlikni tiklash haqida so’z borar ekan avvalo, zabon erki yuksak vazifaga aylanadi. 80-yillar oxiri tahririyatlar va o’sha davr hukumati ona tilimizga davlat tili maqomini berish istagini bildirgan xalqimizning qop-qop xatlariga to’lib ketgan edi. Ma’lum bo’ladiki, qalblarda milliy o’zligimizga bo’lgan muhabbat abadiy bo’lgan. Bundan 25 yil oldin biz o’z ona tilimizda haqli ravishda so’zlash baxtiga erishdik. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan Mustaqilligimiz rasman e’lon qilindi. Davlat minbarlarida o’z ona tilimiz yangray boshladi. Chin ma’noda qalban soqovga aylanib borayotgan millat qaytadan hayotga qaytdi. O’tgan chorak asr davomida o’zbek tili dunyo tillari orasidan o’zining o’rnini va ahamiyatini topa oldi.


 



 



“Talabalik guvohnomasi” topshirish marosimi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Hayotning hayotligini his etish asnosida insonlar baxtni tuyadilar. Chin baxt esa orzu yoki maqsadga erishishdan boshlanadi. Bugun komillikka intilayotgan har bir yosh avlod borki, oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirishni, talaba bo’lishni orzu qiladi. Yurtimizdagi oliygohlarda har yili ming-minglab abituriyentlar orasidan talabalikka munosib yoshlar tanlab olinadi. Talabalik chin ma’noda sharafli kalom, kelajak uchun muhim qadamdir.


 


 



 


Bizning oliygohimiz ham bu yilgi vazifasini a’lo darajada bajardi. 2014-2015 o’quv yilida eng iste’dodli va bilimli yoshlar talabalik safiga qo’shildi. Jumladan, institutning “Xalq ijodiyoti” fakultetiga “Xalq ashula va raqs ansambli rahbari” (23 nafar), “Folklor-etnografik jamoalar rahbari” (16 nafar), “Vokal jamoalari rahbari” (16 nafar), “Cholg’u ijrochiligi rahbari” (15 nafar), “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” (25 nafar) bo’limlari bo’yicha jami 95 nafar (shundan 28 nafari davlat granti, 68 nafari kontrakt asosida) talaba qabul qilindi.


 



Global e-Government Forum 2014

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

В столице Казахстана прошел Global e-Government Forum 2014. В работе Форума приняли участие делегации 79 стран. 


 



 


Global e-Government Forum — проходит, под эгидой ООН. Открывая Форум Заместитель Генерального секретаря ООН У Хунбо отметил, что Организация Объединенных Наций помогает в развитии электронных правительств во всех странах мира. Он отметил, что ООН признает огромный потенциал электронного правительства как ключевого механизма, который способен внести вклад в устойчивое развитие, увеличивая эффективность государственной службы. Реформирование государственного сектора устраняет барьеры в работе, и эти усилия очень важны.


 


Форум был посвящен теме «Умное управление в целях устойчивого развития: новые возможности партнерства в сетевом обществе». На пленарных сессиях и семинарах рассмотрели вопросы, интересные как для развитых стран, опыт которых признан во всем мире, так и для развивающихся государств, совершающих первые шаги в развитии электронного правительства и автоматизации государственных функций.


 


 




“Ta’lim va mutaxassislik” XI xalqaro kо‘rgazmasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

2014 yilning 11-12-13 sentabr kunlari Yoshlar ijod markazida О‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar prokuraturasi, О‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “Ta’lim va mutaxassislik” XI xalqaro kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Mazkur kо‘rgazmaga tashrif buyurgan 75 000 nafardan ziyod yoshlar, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning kamoloti yо‘lida qilinayotgan kо‘plab ezgu ishlar amalga oshirilayotgani, bir-biridan kо‘rkam ta’lim muassasalari barpo etilayotgani, ta’lim muassasalarida yoshlarimizning bilim olishlari uchun mos shart-sharoitlarning yaratilganligi haqida kо‘plab ma’lumotlar shuning bilan birga о‘zlari qiziqqan sohalar bо‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bо‘ldilar.


 



 


Kо‘rgazmada kо‘plab korxona va tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, shular qatorida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ham ishtirok etdi. San’at va madaniyat sohasiga qiziquvchi yoshlarimiz institutda faoliyat kо‘rsatayotgan ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklar haqida yaqindan tanishtirildi va tavsiyalar berildi.


 



 



Yangi ufqlar sari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

San’at sohasida badiiy barkamol asar yaratish masalasi har bir davrda muhim sanalgan. Bugungi kunimizda esa bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tabiiyki, badiiy yuksak, dolzarb g‘oyaga ega san’at asarlarini yaratish beqiyos mahorat va tinimsiz mehnatni talab etadi. Yuksak iste’dodga ega san’atkor ham bir kunda shakllanmaydi. Yetuk san’at asarlarini yaratish, iqtidor egalarini namoyon etish masalasida san’at ta’limi, yosh iqtidorlarni shakllantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlangan о‘ta muhim masalalarni hal etish Mamlakatimiz rahbarining 2012 yil 4-iyundagi 1771-sonli “О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil qilish tо‘g‘risida”gi hamda 2014 yil 6-fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarorlarida ham aks etgan bо‘lib, san’at va madaniyat sohalarini yanada rivojlantirish, yosh iste’dod egalarini yuzaga chiqarish, ularni yanada qо‘llab-quvvatlash masalasida keng imtiyozlar yaratadi. Yaratilgan imkoniyatlar yoshlarimizning rang-barang ijod namunalari ustida izlanishlar olib borayotganliklarini kо‘rsatib bermoqda.


 


  


О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tamomlayotgan bitiruvchi yoshlar tomonidan namoyish etilgan ijodiy ishlardan tashkil topgan festival juda qizg‘in va katta qiziqishlar ostida bо‘lib о‘tdi. Avval ta’kidlanganidek, ushbu namoyishlarning sо‘ngida bо‘lib о‘tajak marosimda eng yaxshi ishlar festival tashkilotchilari, xususan, rektor va hakamlar hay’ati tomonidan taqdirlanishdi. Xususan, quyidagi ishlar о‘z yо‘nalishlarida eng yaxshilari deb topildi: