avatar
Куч
213.43
Рейтинг
+90.36

Савочкин Максим

Мақолалар

Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi islohotlar

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab hozirgi kungacha bosib о‘tgan taraqqiyot yо‘liga nazar tashlasak, mamlakatimizda xalqaro tamoyillarga tо‘liq javob beradigan zamonaviy ta’lim tizimi barpo etilganligini kо‘rishimiz mumkin. Bunda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. Bunda ta’lim sohasi davlatimiz tomonidan domiy qо‘llab — quvvatlanib kelinmoqda. Bu borada mamlakatimiz rahbari I.Karimov ta’kidlab о‘tganlaridek -“...keyingi yillarda mamlkatimizda 9763 ta umum ta’lim maktabi, 300 dan ziyod musiqa va san’at maktabi, 143 ta akademik litsey, 1406 ta kasb-hunar kolleji, 59 ta oliy о‘quv yurtida katta hajmdagi qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilgani, ularning moddiy-texnik va о‘quv-metodik bazasi mustahkamlanib bormoqda. О‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yо‘naltirilayotgan yillik harajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etmoqda. Vaholanki dunyodagi kо‘plab mamlakatlarda bu kо‘rsatkich 2-5 foizdan oshmaydi”. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning naqadar tо‘g‘riligi va о‘z vaqtida amalga oshirilayotganini butun dunyo mutaxassislari tan olmoqda.


 



«Yoshi ulug‘larni asrash» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Inson uchun eng oliy unvonli ustoz bor. Uing nomi — hayot. Bu ustoz bizga «Insoniy fazilatlar» deb ataluvchi eng kerakli fandan uzluksiz dars berib kelmoqda. «Qaysi bir yosh kishi qari kishini hurmat qilsa, u keksayganida о‘sha hurmatni kо‘radi» deb hadislarda insonlarning bir-biriga mehr-oqibatli bо‘lishga chaqiriladi. Barchamizga ma’lumki, о‘zbek xalqi azal-azaldan muhtojlarga mehr-muruvvat, oliyjanoblik, sahovat va oqibatli bо‘lishdek yuksak fazilatlari bilan yashab kelgan millat hisoblanadi. 2014 yil 15 fevral kuni «Urush va mehnat faxriylari pansionati»da institut «Xalq ijodiyoti» fakultetining «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi dotsenti v.b., pedagogika fanlari doktori Isakulova Nilufar rahbarligida 3-bosqich «Ijtimoiy ish» ta’lim yо‘nalishi talabalari tomonidan «Yoshi ulug‘larni asrash» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir «Cholg‘u ijrochiligi» kafedrasi mudiri S.Turatov badiiy rahbarligidagi «Fayzinur» talabalar ansambli bilan hamkorlikda tashkil etildi va о‘tkazildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 3-bosqich «Ijtimoiy ish» ta’lim yо‘nalishi talabalari «Fayzinur» talabalar ansambli bilan hamkorlikda xayriya konserti о‘tkazdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda о‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, faxriylarga homiylik qilinib, moddiy va ma’naviy yordam kо‘rsatildi.


 



 


Xulosa qilib aytganda, ikkinchi maktab – bu hayot maktabi katta va qiyin maktab bо‘lib, inson unga imtihonsiz kiradi. Bu maktabda yagona ustoz hayotning о‘zidir. Shu bois inson bir umr undan saboq oladi, ziyoli inson degan nomga munosib yashash, ishlash va iz qoldirish sirlarini о‘rganadi. «Hayot masal kabi uzunligi bilan emas, mazmuni bilan qadrli», degan ekan Seneka.

“Ta’lim va mutaxassislik” X xalqaro kо‘rgazmasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


2014 yilning 11-12-13 fevral kunlari Yoshlar ijodiyot markazida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “Ta’lim va mutaxassislik” X xalqaro kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Kо‘rgazmaga 70 000 nafardan ziyod ishtirokchi tashrif buyurdi.


 


 


Kо‘rgazmaga tashrif buyurgan yoshlar о‘zlari qiziqqan sohalar bо‘yicha batafsil ma’lumotga ega bо‘ldilar. Prezidentimiz rahnomoligida yoshlarning kamoloti yо‘lida kо‘plab ezgu ishlar amalga oshirilayotgani, bir-biridan kо‘rkam ta’lim muassasalari barpo etilayotgani, ta’lim muassasalarida yoshlar manfaatlariga mos shart-sharoitlar yaratilganligi haqida kо‘plab ma’lumotlar berildi.


 



 


 


Ushbu kо‘rgazmada kо‘plab oliy ta’lim muassasalari qatorida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ham qatnashdi. San’at va madaniyat sohasiga qiziquvchi yoshlarimiz institutda faoliyat kо‘rsatayotgan ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotga ega bо‘ldilar. Ayniqsa ko‘rgazmaning ish jarayonida institut talabalaridan tashkil topgan “Fayzinur” ansamblining ijodiy chiqishlari ishtirokchilar va xorijlik mehmonlarda katta ta’surot qoldirdi.


 


 


Ko‘rgazma yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.


 


Yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida joriy  8-fevral kuni “Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqatilishiga qarshi” mavzuida davra suhbati о‘tkazildi. Tadbirni ma’naviyat bо‘limi boshlig‘i S.Tо‘ychiyeva kirish sо‘zi bilan ochdi.  Davra suhbatida Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasi Tezkor-qidiruv kafedrasi boshlig‘i о‘rinbosari, podpolkovnik Olim Sattarov, Matbuot guruhi rahbari, podpolkovnik Rustam Yadgarov, ”Postda” gazetasi muxbirlari In’omjon Rahimjonov va Abu Kenjayev, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB  huquqbuzarliklarni oldini olish bо‘limi inspektori kapitan Abdulaziz Tolipovlar ishtirok etishdi.


 



Ajdodlar merosi – ma’naviyat ko’zgusi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O’zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi bilan hamkorlikda Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 531 qilligiga bag’ishlab “Ajdodlar merosi-ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir bo’lib o’tdi.


 



Дискуссия «Предпосылки создания семьи и тенденции развития брачности в Узбекистане»

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

В Государственном институте искусств и культуры Узбекистана 28 января года состоялась дискуссия на тему: «Предпосылки создания семьи и тенденции развития брачности в Узбекистане» организованной кафедрой «Педагогика и психология» института. В научно-практической дискуссии приняли участие студенты всех курсов факультета «Искусство кино, радио и телевидения» направления «Профессиональное педагогическое образование», преподаватели кафедры, психологи, социологи.



Qo’g’irchoq aktyorligida nutqning o’rni

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Har bir san’at turi o’ziga xos ijro uslubiga ega. Ayniqsa, ”Qo’g’irchoq teatri” haqida gap ketganda, eng avvalo, bu san’atning mashaqqatli ekanligini, ijodkordan juda katta ma’suliyat talab qilishini aytib o’tish lozim. Chunki “Qo’g’irchoq teatri” san’atining asosiy tomoshabinlari bizning jajji kichkintoylarimizdir. Shuning uchun ham bu tetr ijodkorlari oldida doimo muhim vazifa turadi. Ular nafaqat ijroda, balki nutqiy savodxonlikda ham mahoratli bo’lishlari lozim.


 


O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Teatr san’ati” fakulteti 1-kurs “Qo’g’irchoq teatr aktyorligi” bo’limi talabalarining “Sahna nutqi” fanidan qishпi yakuniy reyting nazorati bo’lib o’tdi. Ushbu reyting nazorat ishida guruh talabalari tomonidan rang-barang mashqlar tayyorlangan. Dasturdan tаlabаlаr nаfаs mе’yorlarini mustahkamlovchi mashqlardan bir necha ko’rinishlar: unli va undoshlar talaffuz me’yorlari, tez, hikmatli so’zlar, bolalar she’riyati, adabiy matnlar va mustaqil ishlar, tоvushlar artikulyatsiyasi mashqalari joy olgan.



Информационное сообщение о конференции «Роль искусства и культуры в формировании духовности личности»

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

В соответсвии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан № 868 от 23 декабря 2013 года 30 апреля 2014 года в Государственном институте искусств и культуры Узбекистана запланировано проведение Республиканской научно-теоретической и практической конференции на тему «Роль искусства и культуры в формировании духовности личности».


 


На конференции рассматривается научное решение проблем, усиление роли узбекского искусства и культуры в формировании духовного мира личности, а также исследование направлений художественного творчества. Особое внимание будет уделено проблемности, актуальности тем, теоретическим выводам. На конференцию приглашаются профессорско-преподавательский состав специалисты отраслей, старшие научные сотрудники-изыскатели, самостоятельные исследователи и магистры, занимающиеся научно — практикческий исследованием.


 



“Shaxs ma’naviyatining shakllanishida san’at va madaniyatning roli” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi axborot xati

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-sonli farmoyishiga muvofiq О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2014 yil 30 aprel kuni “Shaxs ma’naviyatining shakllanishida san’at va madaniyatning roli” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi о‘tkaziladi.


 


Konferensiyada shaxs ma’naviy olamini shakllantirishda о‘zbek san’ati va madaniyatining rolini kuchaytirish, ijodkor mahoratini yuksaltirish muammolarining ilmiy yechimini topish, shuningdek, badiiy ijod namunalarini tadqiq etish kо‘zda tutilgan. Konferensiyada kо‘tariladigan mavzularning hayotiyligi, dolzarbligiga alohida e’tibor qaratiladi, nazariy va amaliy xulosalar ilgari suriladi. Mazkur konferensiyaga ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor-о‘qituvchilar,soha mutaxassislari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlar taklif etiladi.



Vatanga sadoqat – oliy saodat

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Vatan himoyasi eng oliy va saodatli burch, zotan bunday sharafli vazifani o’z zimmasiga olgan o’g’lonlarni bejizga tinchlik posbonlari deya ta’rif etmaydilar. Ularning xizmatlari doimo e’tirofga loyiqdir va bu borada mamlakatimiz talaygina ishlar olib bormoqda. 14-yanvar sanasini 22 yildan buyon “Vatan himoyachilari” kuni asnosida nishonlanib kelinayotgani zamirida qurolli kuchlar xalqning tayanchi ham suyanchi ekanligi keng ma’noda tadbiqqa sazovordir. Butun respublika miqyosida bu kunning nishonlanishi an’anaga aylanganki, yangi 2014-yil bo’sag’asidagi dastlabgi tadbirlar qatorida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dargohida ham tantanali ravishda bayram kechasi bo’lib o’tdi.


 



О‘zbekiston “SOS bolalar shaharchasi” assotsiatsiyasining Toshkent shahar filialida о‘tkazilgan Yangi yil tadbiridan

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


2014 yil arafasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining tashabbusi bilan institut talabalari tomonidan О‘zbekiston “SOS bolalar shaharchasi”ning Toshkent shahar filialida Yangi yil xayriya tadbiri о‘tkazildi. Mazkur tadbirni о‘tkazishdan maqsad “SOS bolalar shaharchasi”da tarbiyalanuvchi kо‘ngli yarim bolalar hamda muassasaga a’zo bо‘lgan kam ta’minlangan oilalar farzandlarini bayram munosabati bilan tabriklash va ularga bayram tomoshalari dasturini taqdim etishdan iborat bо‘ldi.


 



San’at va madaniyat ta’limi – badiiy taraqqiyotning xarakatlantiruvchi kuchi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 iyundagi  1771-sonli qaroriga muvofiq О‘zbekiston  davlat san’at va madaniyat institutining tashkil etilishi hamda unda belgilangan “madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, xalq  ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish”  kabi qator vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2014 yilning 6-7 yanvar kunlari institut  professor-о‘qituvchilarining “San’at va madaniyat ta’limi – badiiy taraqqiyotning xarakatlantiruvchi kuchi” mavzuidagi  ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyasi о‘tkazilmoqda. Ushbu professor-о‘qituvchilarning an’anaviy konferensiyasi о‘zining keng kо‘lamliligi, bugungi kunning, xususan, ta’lim tizimining muhim muammolarini, mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf qilish yо‘lidagi izlanishlarni о‘z ichiga olganligi bilan yangicha qiyofa kasb etadi.



Йўл қоидаси умр фойдаси

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Маълумки, транспорт воситаларининг сони ва йўлларда ҳаракат жадаллиги йил сайин ўсиб бормоқда. Бу эса ўз навбатида ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш, йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш, содир этилаётган ҳодисаларнинг оқибатларига, уларнинг юзага келиши шарт-шароитларига эътиборни кучайтириш лозимлигини тақозо қилади.


 


Шу муносабат билан 2013 йил 25 декабрь куни соат 1100 да Ўзбекистон Давлат санъат ва маданият институтида “Ҳаракат хавфсизлиги ойлиги” доирасида талаба ва профессор-ўқитувчиларнинг «Йўл ҳаракати қоидалари»и бўйича билимларини янада мустаҳкамлаш ҳамда йўл транспорт ҳодисаларининг олдини олиш мақсадида Тошкент шаҳар ЙҲХБ тарғибот бўлими бошлиғи, подполковник З.Саидалиев иштирокида давра суҳбати ташкил этилди.


 



Психологик хизмат маркази тадбири ҳақида

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Яқинда Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институтида институт профессор-ўқитувчилари билан “Глобал консулт гуруҳи”  Психологик хизмат Марказининг етакчи психологлари иштирокида семинар тренинг бўлиб ўтди. Ушбу семинар тренингни психология фанлари номзоди Ахунджанова Санобар Абдушукуровна ва психология фанлари номзоди Маҳмудов Ибрагим Маҳмудовичлар олиб бордилар. Мазкур семинар тренинг:


 



Vatan tinchligi ishonchli qo’llarda

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida Ozbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasi bilan hamkorlikda “Vatan tinchligi ishonchli qo`llarda ” mavzuida uchrashuv bo`lib o`tdi.


 


Uchrashuvda magistrlar va “Xalq ijodiyoti” fakulteti talabalari va akademiyaning  mas`ul xodimlari butun Respublikamizda yangi yil kayfiyati kezib yurgan paytda bugungi tadbirning ahamiyati haqida gapirdilar.


 


Uchrashuvni institute ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i S. To’ychieva olib bordi. Mayor  Aziz  Asadov “Qurolli kuchlar- O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining kafolatidir”.mavzuida ma’ruza qildi. M’aruzada qurolli kuchlarning vazifalari, harbiy xizmatchilarga davlat tomonidan yaratilgan  shart-sharoitlar, milliy armiyamizning Vatan sarhadlarini  qo’riqlashdek sharafli xizmati haqida gap bordi.



Nоmоddiy mаdаniy mеrоs muhоfаzаsidа milliy sаlоhiyatni kuchаytirish mаsаlаlаri

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

 O`zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2010 yil 7 оktyabrdаgi “2010-2020 yillаrdа nоmоddiy mаdаniy mеrоs оb`yеktlаrini muhоfаzа qilish, аsrаsh, tаrg`ib qilish vа ulаrdаn fоydаlаnish Dаvlаt dаsturini tаsdiqlаsh to`g`risidа”gi 222-sоnli qаrоrining 32 bаndi ijrоsini tа`minlаsh mаqsаdidа O`zbеkistоn dаvlаt sаn`аt vа mаdаniyat instituti huzuridаgi pеdаgоg kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini оshirish Tаrmоq mаrkаzi vа O`zbеkistоn Rеspublikаsi Mаdаniyat vа spоrtishlаri vаzirlig iRеspublikа хаlqijоdiyotivа mаdаniy-mа`rifiyishlаrilmiy-mеtоdik mаrkаzlаri tоmоnidаn imzоlаngаn Hаmkоrlik shаrtnоmаsigа binоаn 2013 yil 18 nоyabrdаn 18 dеkаbrgа qаdаr “Nоmоddiy mаdаniy mеrоs muhоfаzаsidа milliy sаlоhiyatni kuchаytirish mаsаlаlаri” bаrchа “Mаdаniyatvа аhоlidаm оlishmаrkаz” dirеktоrlаri uchun qisqа mаlаkа оshirsh kurslаri o`tkаzish rеjаlаshtirildi.



   


Rеjаgа muvоfiq 2013 yil 18-23 nоyabr kunlаri birinchi guruх jаmi 15 tа Аndijоn, Fаrg`оnа vа Nаmаngаn vilоyatining dirеktоrlаri o`z mаlаkаlаrini Tаrmоq mаrkаzidа оshirishdi. Shuningdеk vоdiy vоhаsining qоlgаn dirеktоrlаri 25-30 nоyabr kunlаri rеjа аsоsidа ikkinchi guruх mаlаkа оshirish kurslаri Tаrmоq mаrkаzi vа Rеspublikа хаlq ijоdiyoti vа mаdаniy-mа`rifiy ishlаri lmiy-mеtоdik mаrkаzlаri tоmоnidаn tuzilgаn vа tаsdiqlаngаn o`quv rеjа аsоsidа o`qishlаr tаshkillаshtirildi. 



Пути совершенствования процесса подготовки специалистов по актерским и режиссерским направлениям

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

В системе непрерывного образования в Узбекистане особое место занимает высшее образование, которое делится на два этапа — бакалавриат и магистратура. В основе учебного процесса содержится установка на сочетание и усвоение традиционных национальных и современных мировых культурных ценностей, включая ценности европейской цивилизации. Высшее образование обеспечивает подготовку высококвалифицированных специалистов и подтверждается документами о высшем образовании государственного образца.


 




The branch having endless strength of influence

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


The number of modern scientific branches which learn attitude among nature, society and man is increasing day by day. Some sciences have already been divided into several trends. Despite the widely development of scientific spheres, no one natural or exact science, technical or social knowledge can be compared with art according to their content, expressiveness, influence to the mood and mind of people .


 


Art expresses not only attitude, interrelation but it serves as an efficient way and sharp arm for keeping balance between them. Art with the help of artistic creation process and the system of artistic comprehension solves the most difficult and vital tasks of life and gives them vital matter. Therefore our President I.Karimov emphasized: “ If we speak about art and culture as a strong power which leads to the soul of people, we can all understand very well that any person who possesses talented skills is a particular world in its way, that’s why it will be unfair if we try to rule over them. But there is such a sacred conception that helps to get together and inspires them achieving new creative attainments is directly connected with tendencies of motherland, people’s benefit, good deed and humanism. If any creator takes these ideas into an account as the important aim in their work, artistically express them, undoubtedly Literature, Culture and Art serving for spiritual revival will achieve success in completely fulfilling its social task”. ( I.Karimov. Spiritual revival as an invincible strength. T. Manaviyat, 2008, p. 158).


 


Art and culture are the main criteria and bases of human’s spirituality and thought, because it reflects life. But life in it is seen not as it is, but you see it with the eyes of an author, that is, we look at it through his eyes. If it is so, in this case our first aim will be to bring up well-deserved specialists for the future art and culture of Uzbekistan.



Preparing highly qualified specialists in the sphere of culture, art, theatre, cinema, TV, people’s folk art who is suitable for modern, intellectual, aesthetic, cultural requirements of people is much spoken about and a lot of efforts are being done in order to raise the quality of activities held by the art and culture institutions. For instance, according to the Deсree of the President No 1771, 4 June 2012 “About founding Uzbekistan State Institute of Arts and Culture” the new institute of Art and Culture of Uzbekistan formed on the bases of two institutes: Tashkent State Institute of Culture and Uzbekistan State Institute of Art and moved to a new area with modern equipped educational buildings. It surely shows the great attitude of the government to art and culture.


 


The attention paid by the government and state of Uzbekistan makes us; the whole staff of the institute feels responsible for solving the following tasks in preparing specialists:


— to prepare highly qualified specialists responding to modern requirements of culture, theatrical art, cinema and TV; being able to keep and develop folk art traditions, possessing high artistic standard methods, innovative techniques and technologies;


— to develop high artistic skills and national theatrical school with its peculiarities on the bases of rich folk cultural-historic heritage and in harmony of national and human values;


— to teach using modern forms and methods of teaching, advanced pedagogical, innovative and informational-communicative technologies, electronic resources, also wide use of Internet as well;


— to bring up young generation according to the ideas of patriotism and faith in national thoughts, who is spiritually well-deserved, possess various outlook to the world and independently thinking.


 


The branch having endless power of influence helps achieve the goal in advance. As, it is considered that, art and culture is part of main ideal basis having power over the economic bases of the society.


 


Uzbekistan State Institute of Arts and Culture B. Marufbaev.

Beqiyos ta’sir kuchiga ega soha...

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Tabiat, jamiyat va insonni, ular о‘rtasidagi munosabatlarni о‘rganuvchi fanlar tizimi jadallik bilan yangilanib, miqdoran ortib bormoqda. Hatto bir fanning о‘zi cheksiz sohalarga ajralib bormoqda. Biroq ular qanchalik chuqurlashmasin, bu sohada san’at ifoda etadigan mazmunni, in’ikos etadigan zavq-shavqni, uning zimmasidagi vazifani, u aks ettiradigan ta’sirchanlikni va tafakkur tarzini hech bir tabiiy fan, aniq fan, texnika fanlari yoki ijtimoiy fanlar taqdim eta olmasligi haqiqat. San’at “tabiat-jamiyat-inson” tizimini, ularning munosabatlarini ifoda etish, yoritish bilan cheklanmasdan, ular о‘rtasidagi adolatli muvozanatni ta’minlash yо‘l-yо‘riqlari, qoida va meyorlarini kishilar ongi va qalbiga singdirishda ham insoniyatning о‘tkir va tezkor quroli vazifasini о‘taydi. U о‘zining badiiy ijod jarayoni va badiiy idrok etish tizimi orqali juda murakkab bо‘lgan, ba’zan esa mavjudlik ehtimolidagi masalalarga ham yechim topadi va ularga hayotiy mazmun beradi. Zero, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek: “San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yо‘l topish haqida sо‘z yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi о‘ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql о‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor, о‘z asarlarida ana shu о‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qо‘ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, о‘zining ijtimoiy vazifasini tо‘liq ado etishga erishgan bо‘ladi”. (I.Karimov, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, T.: “Ma’naviyat”, 2008. – 158-bet).


San’at va madaniyat inson tafakkurining, ma’naviyatining asosi va bosh mezonidir. Chunki unda hayot aks etadi. Ammo о‘z holicha, kо‘zgudagidek emas, balki muallif maqsadiga bо‘ysunib, uning nigohi orqali bizga kо‘rinadi. Shunday ekan, ushbu yо‘ldagi birlamchi maqsad uning kelajagi bо‘lmish bо‘lajak kadrlarni tarbiyalash masalasidir.


Madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish maqsadida bugungi kunda mamlakatimizda san’at va madaniyat sohasiga kadr tayyorlaydigan oliygohlarning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan hukumat va davlat rahbari tomonidan qator meyoriy hujatlar qabul qilinib, chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish tо‘g‘risidagi 2012 yil 4 iyun, PQ-1771-sonli qarori asosida Toshkent Davlat madaniyat instituti va О‘zbekiston Davlat san’at instituti negizida tashkil etilgan О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga о‘ta zamonaviy, jahonning kamdan-kam san’at va madaniyat oliygohlariga nasib etgan о‘quv binosi bilan ta’minlangani esa ushbu sohaning bо‘lajak kadrlariga bо‘lgan yuksak e’tibor samarasidir.....


Bunday e’tibor ushbu soha kadrlarini tayyorlashga о‘z umri va mehnatini bag‘ishlagan professor-о‘qituvchilardan katta mas’uliyat va qator vazifalarni bajarishni talab qiladi. Xususan:


— madaniyat, teatr san’ati, kino va televideniye sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashni;


— madaniy-ma’naviy boylikni asrab-avaylash va kо‘paytirish, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lgan milliy teatr maktabi va badiiy ijod mahoratini rivojlantirishni;


— о‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilg‘or pedagogika, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini;


— yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sadoqat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bо‘lgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash kabi vazifalar shular jumlasidandir.


Beqiyos ta’sir kuchiga ega ushbu soha imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muddatidan avval yetishni ta’minlaydi. Zero, san’at va madaniyat jamiyatning iqtisodiy zamini ustidagi muhim g‘oyaviy ustqurmalardan biridir.


“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchisi B.Ma’rufboyev

“О‘zbek modeli” ijtimoiy taraqqiyot omili

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Mamlaktimiz fuqarolari mustaqillikning 22 yillik bayramini juda katta kо‘tarinkilik ruhida nishonlamoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘da mustaqillikning 22 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanada sо‘zlar ekan, о‘tgan davr milliy tariximizda о‘ziga xos bosqich bо‘lganligini yana bir bor ta’kid etdi.


 


Jumladan, bugungi kunda 2000- yilga nisbatan mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti 3,1 barobar, aholi jon boshiga hisoblanganda 2,6 barobar о‘sgani, oxirgi 6 yil davomida iqtisodiyotimizning о‘sishi 8% oshib kelayotgani – bularning barchasi dunyo miqyosida kamdan-kam uchrayotgan raqamlar ekanligiga e’tiborimizni qaratdi. Ta’bir joiz bо‘lsa aytish kerakki, bunday yutuqlar aslida Yurtboshimiz tomonidan tanlangan yо‘lning tо‘g‘riligi, dunyo e’tirof etayotgan “О‘zbek modeli” ning chuqur ilmiy asoslanganligining natijasidir.


 


Shu о‘rinda, “О‘zbek modeli” tо‘g‘risida ayrim fikrlarni bayon etishni о‘rinli deb bildik. Gap shundaki, “О‘zbek modeli” aslida istiqlolning dastlabki davrlaridayoq shakllana boshlagan edi. Uning nazariy-konseptual asoslari Yurtboshimizning “О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li” (1992), “О‘zbekiston – bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li” (1993), “Buyuk maqsad yо‘lidan og‘ishmaylik” (1993) kabi asarlarda о‘z aksini topgan.


 


“О‘zbek modeli” ning eng muhim jihatlaridan biri respublikada tub iqtisodiy islohatlar о‘tkazishda strategik maqsadlarni belgilab olinganidir. Ular quyidagilardan iborat edi: kishilar turmushini yaxshilaydigan, muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tuzumni barpo etish; kо‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish; korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish; iqtisodiyotni, moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish; ishlab chiqarishga ilg‘or texnalogiyalarni joriy etish; mamlakat eksport quvvatini jadal rivojlantirish, xorijiy sarmoyalarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini yuritish.


 


Taraqqiyotning “О‘zbek modeli” davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining 5 tamoyilini о‘z ichiga oladi. Ushbu tamoyillar aslida mamlakatni pirovard natijada demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyatga aylantirish, fuqarolar turmush tarzini yanada farovonlashtirish, shaxs erkinligini ta’minlashga xizmat qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ma’lumki, dunyoda kо‘plab mamlakatlar о‘z milliy modellariga ega. Ammo ular aksariyat hollarda faqat iqtisodiy hayotni о‘z ichiga oladi xolos. “О‘zbek modeli” ning xususiyatli tomoni shundaki, unda asosiy e’tibor ijtimoiy masalalarga, fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash, kishilarga munosib shart-sharoitlar yaratib berishga ustivor ahamiyat berilishidir. Milliy-madaniy tiklanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi farovonligini yaxshilash, tinch va osuda hayotni barpo etish – bularning bari “О‘zbek modeli” ning mazmun mohiyatini tashkil etadi.


 


Shu о‘rinda men о‘zim xizmat qilayotgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining yangi binolari qurilishi, eng zamonaviy asbob – uskunalar, yangi texnologik apparatlar bilan jihozlanganligini ham “О‘zbek modeli” ning real hayotdagi amaliy kо‘rinishi sifatida baholagim keladi. Darhaqiqat “О‘zbek modeli” – real haqiqat. Uning amalga oshishi mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyotini yanada kuchaytiradi, jamiyatni sog‘lomlashtiradi.


 


Tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov