“Yangi davr san’ati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzuidagi konferensiyasi
O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogiО‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 yanvardagi 25-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasida 2013 yilda о‘tkazilishi mо‘ljallangan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ga asosan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2013 yil 16-17 aprel kunlari О‘zRFA San’atshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Yangi davr san’ati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzuidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi о‘tkazildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yо‘l topish haqida sо‘z yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi о‘ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql о‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor о‘z asarlarida ana shu о‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qо‘ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda yuksalishga xizmat qilib, о‘zining ijtimoiy vazifasini tо‘liq ado etishga erishgan bо‘ladi”. О‘zbekiston Prezidentining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan о‘rin olgan bu fikrlari institutimiz professor-о‘qituvchilarining ijodi orqali yoshlarning ilmiy salohiyati, ongi va madaniyatini yuksaltirishga hissa qо‘shish istagini vujudga keltirishi tabiiy hol.